avatar
Куч
0.00
Рейтинг
0.00

Мақолалар

“Mening buvim-mening mahallam faxri”

"Бобурнома" да тарихий шахслар


“Mening buvim-mening mahallam faxri”
Reja:
1.      O’zlikni anglash millatni tanishdir.
2.      Mahallamiz tarixi.
3.      Tinchlik qadrin buvimdan bildim.
4.      Qarisi bor uyning parisi bor.
 
Hayotga bir bora keladi inson,
Yaxshi bog’ yaratur, dog’laydi yomon.
Qadr-qimmat, imon, or-muqaddas tuyg’u,
Siz mening faxrimsiz-aziz buvijon
D.Ergasheva
 
Qirg’iz xalqining buyuk farzandi Chingiz Aytmatovning “asrga tatugilik kun” romani butun jahon adabiyotida o’zlikni anglash, ota-bobolarining bebaho qadriyatlarini kelgusi avlodga yetkazish g’oyalari tarannum etilgan o’lmas durdona asar sifatida kitobxonlar qalbidan joy olgan. Bu asarni o’qiy boshlagan biror kitobxon yo’qki, shekka ovul-qishloqda sheksiz cho’lu biyobonlar ortida “o’zlik” tushunchasi sari sho’ng’iy boshlaydi. Tuyaga bor-butini ortib, tirikligi noma’lum bo’lib, izsiz yo’qolgan o’gli-jigarbandini bir bora ko’rish uchun yo’lga chiqqan yuragi pora Ona farzandini manqurtga aylanganini ko’rib aqldan ozadi. Uni o’zini tanishi,kim ekanini anglashini istaydi. Lekin o’gil allaqachon manqurtga aylanib, insoniylikdan chiqib, qo’lga o’rgatilgan maxluq bo’lib qolganidan, o’z onasini tanimay, uni o’ldiradi.
Asarda keltirilgan hikoya yozuvchining “yeti avlodini bilmagan, tanimagan inson chin inson emasdir”, degan g’oyasi ifodalaydi.
Mening buvim Achaxon momo hozir 95 yoshdalar. Tumanimizdagi Iskovot qishlog’ida dunyoga kelganlar. Yalang’och qishlog’ida (hozirgi Navro’zobod) 1945 yillarda kelib qolganlar. U vaqtda biz yashayotgan qishloqda keng yalanglik bo’lib, harbiy xo’jalik tashkil qilingan. Aholi bo’lmay, faqat urush harbiylariga ozuqa, meva-cheva, go’sht-sut yetkazadigan ombor bo’lganligi uchun “yalang’och” deb yuritilgan. Mustaqillik yillaridan so’ng qishlog’imiz obod bo’lgan, qishlog’imizga keng e’tibor qaratilgan. 2000 yili “Navro’zobod” nomi bilan yuritilgan.
Ma’lumotlarga qaraganda II-jahon urushi yillarida 1 million 400 ming o’zbek yigiti jangga safarbar qilingan. Bundan ko’rinadiki, yurtimizdagi barcha og’ir mehnat, zavodlardagi ish yuritish ayollarga qolib ketgan. Buvim ham o’sha ayollar qatori qo’riq yerlarni o’zlashtirish, adirlarga suv chiqarib ekin ekish, hosil yig’ish ishlarini belni mahkam bog’lab bajarganlar.
Mening buvim front ortida mehnat qilgan qahamonlardan. 20-23 yashar qizaloqlik davrlarida Andijonning bo’z tumaniga ishchilar safarbar qilingan ekan. Necha-necha yosh qizlar yigitlar frontga ketgani uchun uzatilmay, mehnatda qolib ketgan ekan. Qizlar yalangayoq holida och-nahor, “faqat tinchlik uchun” shiori ostida ertayu-kech mehnat qilishar ekan. Yegulik non yo’q, qizil lavlagi yeb qorin toydirgan ekan.
Keyinchalik, urush tugagandan so’ng buvim turmushga chiqib, biz yashayotgan yerlarga kelib qolgan ekanlar. Olti nafar o’gay farzandini o’z bolalaridek parvarish qilib, yana 4 qiz, 4 o’gil farzand ko’rgan ekanlar. Buvimkning 90 dan ortiq nabiralari, 40 ta chevaralari bor. Hammamiz bir jon, bir tan bo’lib ahil bir oila bo’lib yashaymiz. Bu ahillik zamirida buvim bergan tinchlik qadri saboqlari, shukronalik, imon, sadoqat, birovning haqqidan qo’rqish, mehr kabi eng oliy qadriyatlarimiz yotadi.
Har gal buvim bilan dildan suhbat qurar ekanmiz, bolam, urushning nomi o’chsin, u qora kunlarni ortda qolgani hikoya bo’lib qolsin, bunday go’zal, faravon hayotga faqat shukronalik qilish kerak, degan o’gitlarini qulog’imga olganman.
Bizning qishlog’imizda yoshi ulug’ keksa onaxonlarimiz ko’p, Norposhsha buvi bilan tengqurman deydilar. Har kuni erta tongda buvim ro’mollarini tog’rilab, yo’lga otlangudek bo’ladilar. “Norposhshani ko’rib chiqay”-deya qo’llariga sut-qatiq omoqchi bo’ladilar. ‘buvi, o’zingiz ham keksayib qoldingiz, charchaysiz”-desak, “bolam, gap narsada emas, biz hayotimizni eng qora kunlarini birga totganmiz, mehr ko’zda, mendan keyin ham bir-biringizga oqibatli, mehribon, borishli-kelishli bo’linglar”-deya nasihat qiladilar.
Halollik, poklik, to’g’riso’zlik-mening buvimning asosiy shiorlaridir. Agar buvim biror yoqqa mehmonga ketsalar, uylarimiz go’yo huvillab, kimsasiz cho’lga o’xshab qoladi. Xalqimizda “qarisi bor uyning parisi bor” degan gap bor. Buvim uyimizning ko’rki, salobati, dasturxonimizning barakasi, ham tarbiyachi, ham duogo’y insondirlar. Ular bir avlodni bir dasturxonda to’plab turgan davlat boshqaruvchisi yanglig’ hammamizni birlikka va mehr oqibatga chorlab turuvchi quyosh misolidir.
 
Buvim-mening faxrim, ko’nglim obodligi,
Yo’llarimda yo’lboshlovchim, hayot muallimimdir.
Baxtimga buvijonim sog’-omon bo’lsinlar,
                       ***
O’zbek momolari-farishta misol,
Beshigida millat ongin allalar.
Ular to’rga yarashur, ko’rmasin zamol,
Shunda yurtim faravon, baxtiyor bo’lar.
                                             D.Ergasheva